2019 yil 30 aprel kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yashovchi T.X. mast holda uyida oilaviy janjal tufayli qizi S.U.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

IIV Jamoatchilik vaOAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, sodir bo‘lgan hodisa natijasida S.U. kasalxonaga yotqizilib, T.X. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.