O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparatida va hududlarda rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan,

podpolkovnik Ismailov Timur Kamalatdinovich, O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

polkovnik Rajapov Baxtiyor Ruzmetboyevich, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.