15−19-may kunlari Angliyaning Manchester shahrida taekvondo WTF bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

150 dan ortiq davlatdan 1000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilayotgan jahon birinchiligida 10 nafar taekvondochi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Mazkur musobaqada jahonning yetakchi taekvondochilari nafaqat medallar, balki Tokio olimpiadasi reyting ochkolari uchun ham bahs olib boradi.

Jahon chempionatida ishtirok etadigan sportchilar bilan tanishing:

Erkaklar:

-54 kg: Xegay Valentin;

-74 kg: Nikita Rafalovich;

-80 kg: Shuxrat Salayev;

-87 kg: Maksim Rafalovich;

+87 kg: Dmitriy Shokin.


Ayollar:

-49 kg: Madinabonu Mannopova;

-53 kg: Charos Qayumova;

-62 kg: Feruza Sodiqova;

-67 kg: Nigora Tursunqulova;

+73 kg: Svetlana Osipova.