O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev ma’ruza qildi.

Senat raisi o‘z so‘zida yalpi ichki mahsulot va investitsiyalarni jalb etish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

«Mamlakat yalpi ichki mahsulotining hajmi joriy yilning 1-choragida 5,3 foizga o‘sgani jahon miqyosida iqtisodiy inqirozning oqibatlari bartaraf etilmagan bir sharoitda O‘zbekiston taraqqiyoti va xalqimiz faro-vonligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega real voqelikdir.

Xalqni rozi qilishdek insonparvar siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lgan qulay investitsiya muhitini yaratish natijasida mamlakatga kiritilgan jami investitsiyalar hajmi qariyb 30 foizga oshgani esa, ilg‘or texnologiyalarva innovatsiyalar, minglab odamlar uchun ish o‘rni, birso‘z bilan aytganda, ertangi kunning yanada yorug‘ bo‘lishidan dalolatdir.

Amalda 40,5 mingta ish o‘rni yaratilib, odamlarning barqaror daromadga ega bo‘lgani nafaqat iqtisodiy-ijtimoiy, balki ulkan siyosiy va ma’naviy ahamiyatga ham ega hodisadir", — dedi Nig‘matilla Yo‘ldoshev.

Senat raisi shuningdek aholini uy-joy bilan ta’minlash borasida ham fikr bildirdi.

«Hech bir mamlakatda muqobili uchramaydigan aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihalar haqiqatda hayratlanarlidir.

E’tibor bering: joriy yilda namunaviy loyihalar asosida qishloq joylarda 15 mingdan ziyod, shaharlardaesa 15.700 ga yaqin xonadonni barpo etish ishlari olib borilmoqda.

Birinchi chorakning o‘zida birgina qishloq joylarda 2.630 dan ziyod uyning foydalanishga topshirilgani mamlakat tarixidagi yana bir yorqin sahifadir.

Qisqa muddatlarda «Obod qishloq» dasturi asosida1 mln. 700 ming, «Obod mahalla» dasturi asosida esa qariyb 500 ming aholining yashash sharoitlari yaxshila-nishi, hech mubolag‘asiz, jahon amaliyotida kamdan-kam uchraydigan noyob voqelikdir", — dedi Nig‘matilla Yo‘ldoshev.