Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov yana uchta jangdan so‘ng faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda uning otasi Abdulmanap Nurmagomedov ma’lum qildi, deyiladi Olamsport.com xabarida.

«Uchta jangdan so‘ng faoliyatini yakunlaydi. Agar Jorj Sent-Per bilan bo‘ladigan jangni hisobga olsak, unda to‘rt marta oktagonga ko‘tarilishi mumkin. Habib shunday qarorga keldi, biz unga qo‘shilmasdan boshqa ilojimiz yo‘q», — dedi katta Nurmagomedov.

Ma’lumot uchun, Habib 2008 yildan beri MMAda faoliyat olib boradi. Shu davr mobaynida u 27 marta jang qilib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.