3 may kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining 19-yalpi majlisida «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida"gi qonun ma’qullandi, deya xabar qildi «Gazeta.uz» muxbiri.

Hujjatga ko‘ra, qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilariga quyidagi imtiyoz va preferensiyalar beriladi:

  • qayta tiklanuvchi enerniya manbalaridan energiya ishlab chiqarish uskunalari bo‘yicha mol-mulk solig‘i, ushbu uskunalar o‘rnatilgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘i, ular ishlab chiqarayotgan energiya, 10 yil muddatga;
  • «O‘zbekgidroenergo» kompaniyasi tarkibidagi korxonalar sotayotgan energiya qismida qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.

Uskunalar ishlab chiqaruvchisi davlat ro‘yxatidan o‘tkizilgandan 5 yil muddatga barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan ozod qilinadi.

Qonun bilan turar joy binolaridan energoresurs tarmoqlaridan to‘liq uzilgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar muqobil energiya manbalaridan foydalanishni boshlagan oydan uch yil muddatga jismoniy shaxslarning mol-ulk va yer solig‘idan ozod qilinadi.

Hujjatga ko‘ra, o‘z ehtiyojlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi va issiqlik energiyasi, shuningdek biogaz va biomassa ishlab chiqarishda ruxsat beruvchi hujjatlar talab qilinmaydi.

Qayta tiklanuvchi manbalardan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilariga blok-stansiya shartlari bilan yagona elektr energiyasi tizimlari tarmoqlariga ulana oladilar. Ushbu manbalardan issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchilariga esa hududiy va magistral issiqlik tarmoqlariga ulanish taqiqlanadi.