O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Hujjatda O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilingan holda Ramazon oyi 6-maydan boshlanishi qayd etilgan.

Mahalliy hokimiyat organlari va boshqa idoralarga yordamga muhtoj oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarning ziyoratgohlarini, qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat qaratish topshirildi.