Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari — Tergov boshqarmasining boshlig‘i lavozimiga Zafar Alimov tayinlandi, deya xabar bermoqda boshqarma matbuot xizmati.

Zafar Alimov (1976 yilda tug‘ilgan) 1998 yilda O‘zbekiston IIV akademiyasini tamomlagan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini Qibray tuman IIBning turgov bo‘limida tergovchi sifatida boshlagan. V 2001—2010 yillarda Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasida katta tergovchi sifatida ishlagan.

2010−2013 yillarda boshliq o‘rinbosari, keyinroq Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2013 yildan 2015 yilga qadar Yakkasaroy tuman IIBda boshliq o‘rinbosari — Tergov bo‘limi boshlig‘i laovizimida ishlagan.

Hozirgi tayinlovga qadar, 2015 yildan 2019 yilning aprel oyigacha Farg‘ona viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Tergov boshqarmasining boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Sal oldinroq, 30 yanvarga qadar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari — Tergov boshqarmasining boshlig‘i sifatida Doniyor Toshxo‘jayev ishlagan.