«O‘ztransgaz» AJ Majburiy ijro va boshqa xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan birgalikda iste’mol qilingan tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlar uchun mavjud qarzdorlik to‘g‘risida jamoatchilikka to‘liq ma’lumot olish uchun «Telegram-bot"ni ishga tushirdi. Bu haqda «O‘zbekneftegaz» matbuot xizmati xabar berdi.

Buni amalga oshirish uchun Telegram messenjeriga kirib, MIBINFOTOBOT bo‘limini tanlash lozim. So‘ngra telefon raqam kiritiladi va «gaz» qismini tanlanadi. So‘ngra shaxsiy hisob raqami bilan gaz hisoblagichdagi ko‘rsatkich yuboriladi.

Telegram-bot iste’molchining so‘roviga ko‘ra bir necha soniya ichida qarzdorlik haqida ma’lumotni taqdim etadi.