2 may kuni Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Rossiya TIV rahbari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi.

Tashrif dasturiga ko‘ra O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokalar o‘tkazilishi va siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ilgari erishilgan O‘zbekiston-Rossiya kelishuvlarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilinishi kutilmoqda.

Tomonlar xalqaro muammolar, mintaqada xavfsizlkni ta’minlash masalalari, jumladan Afg‘onistonda tinchlik jarayonlarini boshlashga ko‘maklashish yuzasidan fikr almashadilar.

3 may kuni Sergey Lavrov Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasida mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi ishtirokchi davlatlarining 11-uchrashuvida qatnashadi.