Amerikaning Harlem Globetrotters tomosha basketbol jamoasi 30 aprel kuni Namangan viloyati Chust tumanidagi 64-maktabga tashrif buyurdi. Basketbolchilar Fatima Lister va Julius MakKlarkin o‘quv o‘yini, master-klass va maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi bullingga (zo‘ravonlik) qarshi trening o‘tkazdi, deya xabar qildi «Namangan haqiqati» gazetasi.

Jamoa tashrifi AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Xalq ta’limi vazirligining sport diplomatiyasi va bullingga qarshi kurash sohasidagi hamkorligi doirasida tashkillashtirildi.

Jamoa o‘yinchilari Toshkent shahri, Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari maktablarida bullingga qarshi taqdimotlar o‘tkazadi. O‘yinlar vaqtida to‘p bilan epchillik mashqlari va yumor orqali basketbolchilar o‘quvchi va o‘qituvchilarga bullingga qarshi qanday kurashishni o‘rgatadi.

Foto