30 aprel kuni O‘zbekistonning yangi tayinlangan bosh konsuli Aziz Turdialiyevich Masutov Toshkentdan Shanxayga (XXR) jo‘nab ketdi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Bunga qadar u TIVning Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Okeaniya davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.