Indoneziya prezidenti Joko Vidodo poytaxtni Jakartadan Yava oroliga ko‘chirishga qaror qildi, deya xabar berdi Meduza.

Aholisi atrofidagi shaharlari bilan qo‘shib hisoblaganda 30 million kishini tashkil etuvchi Jakarta aholi sonining haddan ziyod ortib ketgani, tirbandliklar va suv toshish ehtimoli yuqorilidan aziyat chekmoqda. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, shahar har yili 15 ms suv ostiga kirib bormoqda.

Indoneziya milliy rivojlanishni rejalashtirish vaziri Bambanga Brojonegoro yangi poytaxt joyi hozircha tanlanmagan. Ular orasida Kalimantan orolidagi Palakaraya shahri ham bor.

Poytaxtni ko‘chirish ishlari 10 yilgacha muddatni talab qilishi mumkin. Ko‘chirish uchun qancha mablag‘ talab etilishi noma’lum, ammo hukumat bunga xususiy investorlarni jalb qilishni rejalashtirmoqda.