Surxondaryo viloyatiga safar qilgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boysun tumaniga tashrifi chog‘ida keksa avlod vakillari, tuman faxriylari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Samimiy suhbatda O‘zbekiston, jumladan, Surxondaryo viloyati va Boysun tumanini yanada rivojlantirishga investitsiyalar jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, hududdagi muhim ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar, xalqimiz turmush darajasini oshirish va yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Iqtisodiyotni rivojlantirish barobarida ma’naviyat va madaniyat sohalariga e’tiborni kuchaytirish, baxshichilikni yanada keng targ‘ib etish lozimligi ta’kidlandi.