2019 yil 29 aprel kuni Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qarorga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish yo‘llari belgilanadi.

Kimyo va neft-gaz sanoati, mashinasozlik, bank-sug‘urta sohasidagi davlat aksiyalari, xususan, 29 ta xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aksiyalari investorlarga sotiladi.

«Aloqabank» AJ, «Qizilqumsement» AJ, «Sosa-sola Ichimligi» qo‘shma korxonasidagi davlat aksiyalari shular jumlasidandir.

«Road Show» dasturlari ishlab chiqiladi.

Xalqaro biznes arenada O‘zbekistonning ijobiy imijini ilgari surish bo‘yicha «Invest in Uzbekistan» axborot kampaniyasi yaratiladi.

Shuningdek, 6 mlrd 131 mln dollarlik xorijiy investorlarga taklif etiladigan istiqbolli investitsiya takliflarining ro‘yxati tasdiqlandi.

2019 yilda O‘zbekiston vakillari 9 ta xalqaro iqtisodiy va investitsiyaviy forumlarda ishtirok etadi.