Bojxona xodimlari naqd xorijiy valyutalarni O‘zbekistondan noqonuniy ravishda olib chiqilishiga chek qo‘ydi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yaqinda Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi «Urganch aeroporti» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan «Urganch-Moskva» yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistondan uchib ketayotgan fuqaro Sh. S.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu fuqaro belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Natijada, ushbu fuqaro tomonidan olib o‘tilayotgan 3000 AQSH dollari o‘zga shaxsga tegishli ekanligi aniqlandi.

Holat yuzasidan tekshiruv jarayonida, yuqoridagi 3000 AQSH dollari aslida fuqaro J.M.ga tegishli bo‘lib, ushbu me’yoridan ortiq xorijiy valyutalarni fuqaro Sh. S.dan bojxona nazoratidan olib o‘tib berishini so‘raganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.