Coca Cola superliga 6-turi doirasida «Metallurg» — «Qo‘qon-1912» (3:1) uchrashuvini boshqargan Ahrol Risqullayev o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatuvchi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan deb topildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur o‘yinning 56-daqiqasida Ahrol Risqullayev «Qo‘qon-1912» darvozasiga penalti belgilagan. O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti mutaxassislari bu vaziyatni o‘rganib chiqqach, bosh hakam Ahrol Risqullayev penalti belgilangan vaziyatda o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatuvchi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan deb topdi. Natijada Ahrol Risqullayev superliga o‘yinlarini boshqarishdan chetlatildi.

Bundan tashqari, pro liga «B» guruhida 4-tur uchrashuvlari doirasidagi «Turon» — «Chig‘atoy» o‘yinini boshqargan hakam Akmal Rahimov ham uchrashuv natijasiga ta’sir etuvchi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygani sababli uchrashuvlarni boshqarishdan chetlatildi.