O‘zbekiston hukumatining 26 apreldagi qarori bilan davlat tashkilotlari rahbarlari yoki rahbar o‘rinbosarlari, xodimlari bo‘lgan kuzatuv kengashlari a’zolariga to‘lovlar miqdoriga cheklov o‘rnatildi.

Adliya vazirligi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qilishicha, bir chorakda to‘lovlar miqdori eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan oshmasligi kerak.

Hujjatga muvofiq, xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashlari a’zoligiga nomzodlarni ko‘rsatish ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari bo‘yicha — bosh vazir yoki uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.

Ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizgacha bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari bo‘yicha esa hukumatning tegishli kotibiyatlari bilan kelishish talab qilinadi.