2019 yil 27 aprel kuni Xorazm viloyati Xiva tumanida yashagan M.A.boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashinasini Buxoro viloyatining Romitan tumanidagi avtomagistral yo‘lida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmasligi natijasida avtomashina yo‘l chetiga chiqib, ag‘darilib ketgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada haydovchi M.A. jarohat olib voqea joyida, uning yo‘lovchisi, Andijon tumani Kengash mahallasida yashagan X.I. ismli ayol kasalxonada vafot etgan.

Avtomashinada bo‘lgan yana 2 nafar yo‘lovchiga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari olib borilmoqda.