O‘zbekiston ilk marotaba mezbonlik qilayotgan velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. 27 aprel kuni ayollar o‘rtasida 112,8 km masofaga elit guruh poygalari o‘tkazildi. Bu haqda Olamsport.com xabar berdi.

Ushbu bahslarda sportchilar medal bilan birga Tokio 2020 olimpiadasi yo‘llanmasi uchun bahs olib borishdi.

Barcha raqiblarini ortda qoldira olgan Olga Zabelinskaya qit’a birinchiligidagi navbatdagi oltin medalini hamda Tokio olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Bugun, 28 aprel kuni erkaklar o‘rtasida elit guruh poygalari o‘tkaziladi.