29 aprel kuni soat 10:00dan 19:00gacha Toshkentning Mirobod, Chilonzor, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlaridagi gaz quvurlarida ta’mirlash-sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim aholi hududlari, ijtimoiy va maishiy-kommunal ob’ektlarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda poytaxt ma’muriyati matbuot xizmati xabar qildi.

Mirobod tumanida:

  • Sayxun ko‘chasida;
  • 8 mart ko‘chasida;
  • Vodil ko‘chasida;

Chilonzor tumanida:

  • «Central Kardio Servis» MCHJda;
  • Qozirobod ko‘chasida;

Yakkasaroy tumanida:

  • «Navro‘z» restoranida;
  • «ZIYODA-NON» MCHJda;

Yashnabod tumanida:

  • To‘yona ko‘chasida;
  • Boku ko‘chasida;
  • Farg‘ona yo‘li ko‘chasida;
  • Obod makon ko‘chasida;
  • «Katta Qo‘yliq» mahallasida.

Toshkent shahri bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filiali aholidan vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘radi.