Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 17−27 aprel kunlari Bangkokda (Tailand) bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida to‘rtta oltin, bitta kumush va to‘rtta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Nodirjon Mirzaahmedov (49 kg gacha), Miraziz Mirzaxalilov (56 kg gacha, video), Bobousmon Baturov (69 kg gacha, video), Bahodir Jalolov (+91 kg gacha, video) oltin medallarga sazovor bo‘ldi.

Sanjar Tursunov (91 kg gacha, video) kumush medal bilan cheklangan bo‘lsa, Shukurjon Rahimov (60 kg gacha) kumush medal sohibi bo‘ldi.

Yodgora Mirzayeva (57 kg gacha), Maftunaxon Meliyeva (64 kg gacha) va Shahnoza Yunusova (69 kg gacha) bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Umumjamoa hisobida O‘zbekiston (4−1−4) Xitoydan (6−1−3) keyin ikkinchi, Hindiston esa (2−4−7) uchinchi bo‘ldi. Erkaklar milliy termalari ro‘yxatida esa O‘zbekiston (4−1−1) birinchi, keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston (2−2−3) va Hindiston (1−3−3) egalladi.

Musobaqada 34 davlatdan 304 sportchi — 112 nafar ayol va 192 nafar erkak ishtirok etdi.

Foto