AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida o‘tkazilgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov amerikalik Emmanuel Teylorga qarshi ringga ko‘tarildi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.

O‘n raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Shahram ko‘pchilik kutganidek jangni muddatidan avval yakunlay olmadi. Tomas Teylor hakamlik qilgan jang yakunida G‘iyosov raqibini 99:91, 99:91, 97:93 hisobida g‘alaba qozonib, mag‘lubiyatsiz va murosasiz seriyasini davom ettirdi. Eng muhimi, Shahram G‘iyosov WBA Intercontenintal chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Shahram shu kungacha prof ringda 8 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (6 ta nokaut). Teylor esa 26 marotaba ringga ko‘tarilib, ularning 20 tasida g‘alaba qozongan (14 ta nokaut). Bugun oltinchi mag‘lubiyatini qarshi oldi. (1 ta nokaut). Faoliyatidagi yagona nokautini 2017 yilning 6 may kuni Lukas Mattisdan qabul qilgan.