WBA reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan o‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev faoliyatidagi oltinchi jangini o‘tkazdi. Bu haqda Olamsport.com xabar berdi.

Mag‘lubiyat va durang nimaligini bilmay kelayotgan Murodjon AQSHning Los-Anjeles shahrida meksikalik Karlos Karlsonga qarshi ringga ko‘tarildi. Jerri Kantu hakamlik qilgan jangda to‘liq ustunlikka erishgan Ahmadaliyev raqibini uchinchi raundda nokautga uchratdi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Karlson prof boksda bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda 29 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan. O‘n to‘rtta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Bugun oltinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Uchinchi jangida nokaut bo‘ldi.