Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov 26 aprel kuni Samarqand shahrida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda Zarnew.uz xabar berdi.

Unda shahar aholisi bilan birga viloyatimizning boshqa hududlaridan ham fuqarolar ishtirok etdi.

7 soatdan ortiq vaqt davom etgan ommaviy sayyor qabulda 272 nafar fuqaroning muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyatini qurilish va arxitektura, yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlariga oid masalalar tashkil etdi.

Muddat talab etiladigan murojaatlarga mas’ullar biriktirilib, ijrosi viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olindi.

Murojaatlar ijro holati 1 may kuni viloyat hokimligida muhokama etilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, Erkinjon Turdimovning 2018 yil 14 oktabr kuni Samarqand shahrida o‘tkazgan sayyor qabulida 300 ga yaqin murojaat qabul qilingan edi.