“Suvsoz” korxonasi 24-apreldan Toshkentda sovuq suv tariflari oshirilishi to‘g‘risida xabar berdi. Poytax hokimiyati yangi narxlarni 2-aprelda tasdiqlagan.

Ichimlik suvi tariflari 2018-yil yanvarida belgilangan har kub metri uchun 100 so‘m miqdoridagi maxsus ustamani o‘z ichiga oladi.

Markazlashtirilgan issiq suv ta’minotiga ega ko‘p qavatli uylarda yavchi aholi uchun 1 kub metr suv narxi endilikda 1050 so‘m (bunga qadar — 850 so‘m), markazlashtirilmagan issiq suv ta’minotisiz — 715 so‘m (615) etib belgilandi.

Xususiy sektordagi kanalizatsiyaga ulangan uylarda tarif 615 so‘mdan 715 so‘mga oshirilgan bo‘lsa, kanalizatsiyasiz uylarda o‘zgarishsiz 380 so‘mligicha qoldi.

Hisoblagichsiz, kanalizatsiyaga ulangan va ichki chanoq, unitaz, o‘z isitish qurilmasiga esa vanna (banya) yoki dushga ega bo‘lgan uylarda kishi boshiga to‘lov 8933,22 so‘mdan aprelda 9083,15 so‘m, may oyidan boshlab esa 10116,43 so‘mga oshiriladi.

Bunga qadar sovuq suv tariflari noyabr va dekabrda oshirilgan edi.

Avvalroq O‘zbekistonda sovuq va issiq suv hisoblagichlari inventarizatsiyadan o‘tkazilib, aholiga ichimlik suvi tariflari va me’yorlari qayta ko‘rib chiqilishi haqida xabar qilingan edi.