2019 yil 25 aprel kuni Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumani O‘rtasaroy ko‘chasida yashovchi M.A. va Yuqorichirchiq tumani Surakent qo‘rg‘onida yashovchi N.T. O‘rtachirchiq tumani Mustaqillik mahallasida, mast holda o‘zaro janjal tufayli bir-birlariga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqamasi bergan xabarga ko‘ra, sodir bo‘lgan hodisa natijasida M.A. va N.T. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.