Jizzax viloyatidagi Milliy gvardiya harbiy qismi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda G‘allaorol tumanida seldan aziyat chekkan 21 ta xonadonga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyatda 23−24 aprel kunlari yoqqan tinimsiz yomg‘ir natijasida vujudga kelgan sel natijasidagi suv toshqinidan G‘allaorol tumani «Moltop» qishlog‘idagi ko‘plab xonadonlar moddiy va ma’naviy zarar ko‘rgandi.

Milliy gvardiyachilar va Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi mazkur xonadonlarga moddiy yordam bilan birgalikda seldan zarar ko‘rgan xonadonlarni tiklash ishlariga ham amaliy yordam berdi.