Tailand poytaxti Bangkokda o‘tkazilgan boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekistonlik Bahodir Jalolov ham oltin medal sohibi bo‘ldi. Bu haqda Olamsport.com xabar berdi.

+91 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Bahodir Jalolov finalda o‘zining azaliy raqibi qozog‘istonlik Kamshibek Konkabayevga qarshi ringga ko‘tarildi.

Uch raund to‘liq davom etgan jangda ustunlikka ega bo‘lgan Jalolov raqibini mag‘lub etish bilan birga O‘zbekiston terma jamoasiga umumjamoa hisobida yaqqol ustunlikni ham taqdim etdi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.