Tailand poytaxti Bangkokda o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga birinchi kumush medal qo‘shildi. Bu haqda Olamsport.com xabar berdi.

-91 kg vazn toifasidagi final jangida hamyurtimiz Sanjar Tursunov Janubiy Koreya vakili Xyong Kyu Kimga qarshi ringga ko‘tarildi. Koreyalik bu bokschi kecha yarim finalda qozog‘istonlik Levitni ikki bor nokdaun holatiga tushirib qo‘ygandi.

Bugungi final jangida ham u kichik ustunlikka ega bo‘ldi. Yakunda Tursunov raqibiga ochkolar hisobiga ko‘ra imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalandi.