2019 yil 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qaror bilan Respublika sud ekspertizasi markazini 2019−2020 yillarda zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dastur doirasida 106 turdagi 645 ta jihozlar xarid qilinadi. Dasturni amalga oshirish uchun jami 3 mln 326 ming AQSH dollar mablag‘ ajratiladi.