Vazirlar Mahkamasining 461-son qarori bo‘yicha e’lon qilingan aksiya doirasida DXA Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan ishlar tizimli belgilab olindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbaot xizmati xabar berdi.

Birinchi galda, aksiyani sifatli tarzda o‘tkazish uchun Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 iyunda 461-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida» 2018 yil 20 apreldagi PF-5421-son Farmon ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari haqida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va DXA Jizzax viloyat boshqarmasi o‘rtasida qo‘shma ko‘rsatma tasdiqlandi.

Viloyat yer tuzish va davlat kadastir boshqarmasi bilan noqonuniy qurilgan turar joylar soni aniq belgilab olindi. Unga ko‘ra bunday xonadonlar viloyat kesimida 24 026 tani tashkil etadi.

Tuman (shahar) komissiya a’zolariga belgilangan vazifalar taqsimlandi. Jumladan, bunda tuman (shahar) DXM xodimlari ham mahallama-mahalla yurib aholi arizalarini qabul qilib olishmoqda.

Ko‘shma ko‘rsatma natijasida birgina Adliya bo‘limlari emas balki, Xalq qabulxonasi, Mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari ham bu ishda faollik ko‘rsatdi.

Shu kunga qadar, fuqarolar tomonidan DXM ga 28 629 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, jami yakuniga yetgan murojaatlar 7 168 ta, bir martalik to‘lovni amalga oshirmaganlar esa 9 559 ta, rad etilganlar 4 202 ta, ko‘rib chiqish arafasida turgan murojaatlar 7 317 ta, ijobiy deb topilgan, biroq tuman (shahar) hokimining qarori o‘z muddatida qabul qilinmagan holatlar 383 tani tashkil etadi.

DXA Jizzax viloyat boshqarmasi hamda Jizzax shahar DXM tomonidan ijtimoiy ximoyaga muxtoj 4 nafar oila vakillariga beminnat yordam ko‘rsatilib, mulk huquqlari qonuniy tarzda e’tirof etib berildi.

Umumdavlat aksiyasi bo‘yicha boshqarma hamda Xalq qabulxonalariga shu kunga qadar 34 ta murojaatlar kelib tushgan, shulardan 9 tasi qanoatlantirildi, 22 nafariga huquqiy tushunchalar berib o‘tildi. Bu o‘z navbatida, fuqaro murojaatlari doimiy e’tiborda ekanligini yana bir kara isbotidir.

Belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun tuman (shahar) markazlaridan ancha olis hududlarda istiqomat qiluvchi, markazga kelolmayotgan fuqarolarga sayyor tartibda xizmat ko‘rsatuvchi maxsus avtobuslar orqali shu kunga qadar 4 321 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha arizalar shu vaqtning o‘zida qabul qilinishi esa ishning sifatini va tezkorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Sharof Rashidov tumanida joylashgan «Kuyovboshi» SHFYda jami 1273 ta xonadon bo‘lib, ulardan 450 ga yaqini aksiya bo‘yicha ariza topshirgan. Komissiya a’zolaridan biri bo‘lgan tuman (shahar) ekalogiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspekiyasi tomonidan bu hudud chuchuk suv zaxirasi sifatida muxofaza etilishi sababli murojaatlar rad etilib, ijobiy xulosalar berilmagan. Shunday bo‘lsada, DXA Jizzax viloyat boshqarmasining say-harakatlari bilan bu manzilda yashayotgan fuqarolar endilikda mulk huquqini olishdi.

Aksiya 2019 yilning 1 mayiga qadar davom etishi belgilangan. Yakunlanishiga oz vaqt qolgan bo‘lsada, boshqarma tomonidan «10 kunlik Zarbdor» e’lon qilindi.