Bojxona xodimlari tomonidan respublika bojxona chegaralari orqali naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib o‘tilishi bilan bog‘liq holat fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro X.G.ning qo‘l yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada, uning qo‘l sumkasining astari ichidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 952 300 Rossiya rubli, 1 600 AQSH dollari, 127 200 Qozoq tengesi xorijiy valyutalari borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.