21 aprel kuni Shri-Lankada sodir bo‘lgan qator portlashlar qurbonlari orasida hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan, deya xabar qildi O‘zbekiston TIV O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ma’lumotiga tayanib.

Shuningdek, shaxsini aniqlash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilayotgan boshqa jasadlar mavjud. O‘zbekiston elchixonasi Shri-Lankaning tegishli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

O‘tgan yakshanba kuni Shri-Lankada seriyali portlashlar sodir bo‘ldi. Eng kamida 310 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 450 dan ziyod kishi jarohatlandi.