2019−2020 yillarda Toshkentda Janubiy Koreyaning xalqaro ayollar universiteti (Kyung-in Women’s University) filiali ochiladi, deya xabar qildi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi matbuot xizmati.

20 aprel kuni OTM ma’muriyati, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda «O‘zto‘qimachiliksavdo» uyushmasi o‘rtasida universitet ochishni ko‘zda tutuvchi memorandum imzolandi.

Universitetda to‘qimachilik, dizayn, moda, aviatsiya va turizm, go‘zallik sanoati, sog‘liqni saqlash va koreyashunoslik yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlanadi. U o‘quv va laboratoriya uskunalari hamda kutubxona fondi bilan ta’minlanadi.

Kyung-in Woman’s University — Janubiy Koreyadagi davlat oliy ta’lim muassasasi. Universitetda 300 nafardan ortiq o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi, talabalar soni 2000 nafardan ortiq. Xalqaro almashinuv dasturiga ega.

Toshkentda universitet filialini ochish to‘g‘risidagi kelishuvga Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida erishilgan edi.