Seul milliy universiteti rektori Song Ju Xo boshchiligidagi delegatsiya shu yilning 14−21 aprel kunlari Toshkent davlat stomatologiya institutiga tashrif buyurdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining telegram kanali orqali xabar berildi.

Tashrif davomida Song Ju Xo institutning doktorantlar, magistrlar, klinikalar va talabalar uchun ma’ruzalar o‘qidi.

Qolaversa, Seul milliy universiteti rektori stomatologiya va protezlarni o‘tkazish, yuz-jag‘ sohasida institut xodimlari va talabalar bilan birgalikda bir nechta operatsiyalar o‘tkazdi.