Hukumatning 2019 yil 22 apreldagi qarori bilan Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatda shu paytgacha 82 ta tashkilot mavjud edi.