Shu kunlarda Xitoyning Ninbo shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha ayollar o‘rtasida 55 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Muattar Nabiyeva dast ko‘tarish bahsida 91 kg, siltab ko‘tarishda 113 kg va ikki kurash natijasi ko‘ra 204 kg og‘irlikdagi toshni o‘ziga bo‘ysindirib, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Osiyo chempionati. Ninbo, Xitoy.

Ayollar -55 kg

1. Liao Kyu Yun (Xitoy) — 224 kg

2. Xidilyn Diaz (Filippin) 209 kg

3. Muattar Nabiyeva (O‘zbekiston) — 204 kg

Ma’lumot uchun: mazkur musobaqaga 6 nafar o‘zbekistonlik atlet yo‘l olgan, hozirgacha Adhamjon Ergashev (-67 kg) to‘rtinchi va Doston Yoqubov (-73 kg) beshinchi o‘rinni egallagan edi. Oldinda yana uch nafar sportchi Sunnatilla O‘sarov (-102 kg, 26 aprel), Akbar Jo‘rayev (-109 kg) va Dolera Davronova (-87 kg, 27 aprel) qit’a chempionati bahslarida ishtirok etadi.