O‘zbekiston tarixida ilk marotaba 25−27 aprel kunlari Toshkentda yirik xalqaro yuridik forum bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Unda 1000 dan ortiq ishtirokchi qatnashadi. Ularning 250 nafari AQSH, Angliya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Yaponiya singari 40 mamlakatdan tashrif buyurayotgan ekspertlar hamda Koreya, Singapur, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Shri-Lanka, Belorus, Ozarbayjon, Afg‘oniston kabi davlatlarning Adliya vazirlari va vazir o‘rinbosarlari, qonun chiqaruvchi organlari va dunyoning yetakchi arbitraj markazlari rahbarlaridir.

Bundan tashqari, forumda «The Legal 500» xalqaro reytingida yetakchi bo‘lgan yuridik kompaniyalar ham ishtirok etadi.