2019 yil 21 aprel kuni soat 22:20 larda Buxoro viloyati Vobkent tumani Qipchoq mahallasida yashovchi Mahkam Bahromov o‘ziga tegishli bo‘lgan oq rangli «Neksiya» rusumli 80 T 550 GA davlat belgili avtomashinasiga Navoiy viloyati Qiziltepa tumani, Bo‘lakrabot mahallasi hududida joylashgan «Qiziltepa Zarafshon alangasi» MCHJga tegishli metan gaz qo‘yish shaxobchasiga kiradi.

Metan gaz qo‘yishi vaqtida, avtomashinaga o‘rnatilgan gaz baloni bosim natijasida to‘satdan chaqnashi natijasida 2 qismga bo‘linib ketgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur xodisa natijasida biror-bir shaxsga tan jarohati yetmagan, avtomashina orqa yukxonasi ichi va kapoti, shuningdek «Qiziltepa Zarafshon alangasi» MCHJga qarashli metan gaz qo‘yish shaxobchasi alohida bo‘linmasi tepa (shift) qismi biroz shikastlangan.

Ushbu holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi TB surishtiruvchisi S.Abdisalomov tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.