Prokuratura organlari tomonidan 2019 yil 3 oyi davomida tergov qilingan jinoyat ishlari bo‘yicha jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararlarni aniqlash va undirish choralari ko‘rib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Statistik hisobotlarga ko‘ra, sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari yuzasidan prokuratura organlarida 2019 yil 3 oyi davomida jami 603 ta (2018 yilda 527 ta) iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlari ish yurituvga qabul qilinib, ular yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Prokuratura organlari tomonidan 2019 yil 3 oyi davomida jami 330,8 mlrd. so‘m (121,3 mlrd. so‘m) miqdorida zararlar aniqlanib, shundan 303,9 mlrd. so‘mi (115,6 mlrd. so‘m) yoki 91,9 foizi (95,3 foizi) tergov davomida undirilgan bo‘lsa, qolgan 26,9 mlrd. so‘mi (5,7 mlrd. so‘m) yoki 8,1 foizi (4,7 foizi) zararni undirish yuzasidan sudlarga da’vo arizalari kiritilgan.

Shundan davlatga yetkazilgan 293,2 mlrd. so‘m (98,2 mlrd. so‘m) zarar undirildi.

Shuningdek, 2018 yil 3 oyi davomida davlat ulushi bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va fuqarolarga yetkazilgan jami 6,2 mlrd. so‘m undirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilning 3 oyida 11,6 mlrd so‘mni tashkil qildi.

O‘tgan yilning 3 oyi davomida 29,5 mlrd. so‘m pullar naqd pul shaklida undirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilda 159,6 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 5,4 barobarga oshgan bo‘lsa, 28.8 mlrd. (16.1 mlrd.) so‘mlik zararni pul ko‘chirish yo‘li bilan undirilishi ta’minlangan.

Mazkur yo‘nalishda ishlar tizimli davom ettirilmoqda.