Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida joriy yilning 18 aprel kuni soat 05.00larda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashagan N.N. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomashinani «Toshkent-Termiz» yo‘lining 971-kilometrida haydab ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Qashqadaryo viloyatida yashovchi I.J. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada «Damas» avtomashinasi haydovchisi N.N. va uning yo‘lovchisi 25 yoshli A.B. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.