2018 yilda 53,3 milliard so‘m mablag‘ hisobidan 69 ta ob’ektda qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. Natijada viloyatdagi 80 mingga yaqin aholi ilk bor ichimlik suv bilan ta’minlandi. Bu haqda «Zarafshon» gazetasi saytida xabar berildi.

Xalqaro moliya institutlari, Saudiya Arabistoni rivojlantirish fondi va OPEK fondining 36 million dollar kredit mablag‘lari hisobidan 2019−2021 yillarda Qo‘shrabot tumanida ichimlik suv ta’minotini yaxshilash loyihasi amalga oshiriladi.

Buning natijasida 77 ta qishloq aholi punktida 158 ta ichimlik suv inshooti, 408,1 kilometr suv tarmog‘i qurilib rekonstruksiya qilinadi.