Malayziyalik aktyor va model Daler Yusuf O‘zbekistonning Malayziyadagi turizm elchisi etib tayinlandi. 18 aprel kuni O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonov aktyorga bu haqdagi tegishli sertifikatni topshirdi, deya xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Daler Yusuf (haqiqiy ism-sharifi — Daler Hamroqulov) — asli Surxondaryo viloyatidan. Aktyor professional faoliyatini 2010 yilda boshlagan, Malayziya, Singapur va Indoneziya kanallarida efirga uzatilgan 10 dan ortiq badiiy film va seriallarda, shuningdek, musiqiy klip va telereklamalarda suratga tushgan. Daler Yusuf kino va moda sohasida bir qancha mukofotlarni qo‘lga kiritgan.

Turizm brend elchisi o‘z vazifasiga kirishib, Malayziya jamiyatini O‘zbekistonning ijtimoiy-madaniy hayoti bilan tanishtirishni boshlab yubordi, deya qayd etdi matbuot xizmati. Daler Yusuf respublikaning madaniy-tarixiy va arxitektura yodgorliklari aks etgan foto va videomateriallarni e’lon qilmoqda. Aktyor fan-klub uchun O‘zbekiston tashrif tashkil etish hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida taqibchilari o‘rtasida respublikaning madaniy-tarixiy yodgorliklari haqida viktorinalar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.