Toshkent shahrining Mirobod tumanida 2019 yil 18 aprel kuni tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limiga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2015 yil 1 iyun kuni Katta Mirobod ko‘chasida yashovchi R.K. uyi oldida tanishi F.K.ga birga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishini aytib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirgan va undan 45 000 AQSH dollarini olib bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida R.K. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.