Fransiyaning Airbus aviasozlik kompaniyasi 17 aprel kuni O‘zbekistonga 34 ta vertolyot yetkazib berish maqsadi to‘g‘risidagi maktubni imzoladi. Bu haqda Toshkentda tashrif bilan bo‘lib turgan Fransiya Yevropa va tashqi ishlar vazirligi huzuridagi davlat kotibi Fransii Jan-Batist Lemuan jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda ma’lum qildi.

«Bu bir necha yillardan buyon amalga oshirib kelinayotgan [mazkur] loyiha bo‘lib, gap uni davom ettirish to‘g‘risida ketmoqda, — dedi davlat kotibi. — O‘zbekiston suverenitetini mustahkamlashga ko‘maklashuvchi ushbu vertolyotlar transport xizmatlarini, deylik tibbiy evakuatsiyani, jihozlashga imkon yaratadi».

Jan-Batist Lemuanning so‘zlariga ko‘ra, gap Écureuil («Olmaxon») modeli haqida ketmoqda. Ushbu vertolyot baland tog‘ va issiq iqlim sharoitlarida foydalanishga moslashtirilgan. Ishlab chiqaruvchi ma’lumotlariga ko‘ra, mashinadan o‘t o‘chirish, elektr tarmoqlari monitoringi, yuk ko‘tarish, hosilni changlantirish, aerovideotasvirga olish va geologik razvedka kabi keng maqsadlarda foydalanish mumkin.

Vertolyotlar narxi va yetkazib berish muddatlari ma’lum qilinmadi, biroq Jan-Batist Lemuan 17 aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Fransiya davlat kotibi bilan uchrashuvda avval qo‘llanilgan chegirmalar qo‘llanilishidan mamnunlik bildirganini ta’kidlab o‘tdi.