17 apreldan boshlab «Samarkand Trans Yexpress» MCHJ tomonidan Samarqand — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yangi avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar soat 07:00, 09:00 va 11:00 dan Samarqandning «Samarqand» shohbekatidan yo‘lga chiqadi.

Shuningdek, yo‘lovchilar yo‘nalish bo‘yicha soat 13:30, 16:00 va 18:00 larda Toshkentdan Samarqandga qarab yo‘l oladi. 300 kilometr uzunligidagi ushbu yo‘nalishda yo‘lovchilar 4,5 soatda manziliga yetkaziladi. Chipta narxi jamiyat tomonidan 25 ming so‘m etib belgilangan.

Mazkur yo‘nalish uchun «Samarkand Trans Express» MCHJ tomonidan 3 ta zamonaviy avtobuslar sotib olingan bo‘lib, yo‘nalish faoliyatini boshlashi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirdan so‘ng, yo‘lovchilar poytaxtga qarab yo‘l oldi.