Namozov Nodir Bahrillayevich Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi, deya xabar qildi DSQ matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Nodir Namozov (1978 yilda tug‘ilgan) Toshkent moliya instituti (2005), O‘zbekiston Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini (2009) tamomlagan.

Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini Samarqand viloyati Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi kompyuter guruhi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlab, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand viloyati Urgut tumani hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.