O‘zbekistonda birinchi chorakda 90 ta qotillik jinoyatlari sodir etilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan (123) 33 taga yoki 26,9 foizga kamaygan. Sodir etilgan qotillik jinoyatlarining hozircha faqat 1 tasi fosh etilmasdan qolmoqda, deya xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Yil boshidan buyon prokuratura organlari 3212 ta jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazildi (2018 yilning shu davriga nisbatan 190 taga yoki 1,5 foizga kamaygan). Shundan 1756 (1819) nafar shaxsga nisbatan 1129 (1183) ta jinoyat ishi sudga yuborilib, o‘tgan yilga qaraganda 54 taga yoki 4,5 foizga kamaygan.

O‘tgan davr mobaynida 399 (263) ta jinoyat ishining tergovi, shu jumladan 210 (143) tasi Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasiga, 189 (120) tasi 84-moddasiga asosan tugatilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich tergov qilingan jami jinoyat ishlarining 16,1 (9,7) foizini tashkil etadi.