2019 yilning 15−17 may kunlari o‘tkazilgan «O‘zbekiston neft va gazi 2019» 23-xalqaro ko‘rgazmasida 74 ta kompaniya qatnashadi. Bu haqda «O‘zbekneftegaz» matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘rgazma O‘zbekiston neft-gaz sohasidagi muhim ahamiyatga ega voqea bo‘lib, xalqaro neft va gaz kompaniyalari uchun so‘nggi yutuq va ishlanmalarini namoyish etish maydoni hamda yetkazib beruvchi va ishlab chiqaruvchilarning uchrashuv joyi hisoblanadi.

Xalqaro ko‘rgazmada qatnashish uchun bugunga qadar Avstriya, Ozarboyjon, Armaniston, Germaniya, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Koreya Respublikasi, Monako, Rossiya Federatsiyasi, Singapur, Turkiya, Ukraina va Shveysariya kabi kabi davlatlarning 74 ta neft-gaz tarmog‘i peshqadamlari bo‘lgan kompaniyalar o‘z mahsulotlari va xizmatlarini namoyish etishi haqida ma’lum qildi.

Ushbu xalqaro tadbir O‘zbekiston neft-gaz sanoati salohiyatini namoyish etish orqali soha ravnaqiga puxta zamin yaratadi. Shu bilan birga, ishtirokchilar neft va gaz qazib olish, uglevodorodlarni tashish, qayta ishlash borasida erishilgan muvaffaqiyatlar bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo‘ladi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.


https://t.me/ao_uzbekneftegaz